04/04/2023

    Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 134,2 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 5 026 ta yengil avtomobil import qilgan.

    Yengil avtomobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 925 taga kamaygan.

    2 oyda Oʻzbekiston yengil avtomobillarni eng koʻp import qilgan davlatlar:

 

Xitoy – 2540 ta

Koreya – 2081 ta

AQSH – 217 ta

Yaponiya – 58 ta

Gonkong – 56 ta

Germaniya – 36 ta

BAA – 12 ta

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech