11/04/2023

    Korrupsiyaning eng xavfli shakllari og‘ir jinoyatlar sifatida baholanadi. Ular qatoriga, eng avalo, qonunga xilof ravishda sarf etilgan pul (rastrata) va pora kiradi. Rastrata mansabdor shaxsga ishonib topshirilgan resurslarni shaxsiy maqsadlarda sarflashdan iborat. U oddiy o‘g‘rilikdan shunisi bilan farq qiladiki, shaxs dastlab resurslarni tasarruf qilishga qonuniy huquqni qo‘lga kiritadi. Pora korrupsiyaning bir turi bo‘lib, bunda mansabdor shaxsning harakatlari unga belgilangan foyda taqdim etish evaziga yuridik yoki jismoniy shaxsga xizmat ko‘rsatishdan iborat. Aksariyat hollarda agar pora berish ta’magirlikning oqibati bo‘lmasa, asosiy foydani pora beruvchi oladi. Qattiq jinoyatlar qatoriga, shuningdek, saylovchilar ovozini sotib olish ham kiradi garchi ayrimlar uni korrupsiyaning bir shakli emas, halol bo‘lmagan saylov kampaniyasi turi deb korrupsiyaning turlicha namoyon bo‘lishlari turlicha axloqiy bahoga ega. Ayrim harakatlar jinoiy, boshqa harakatlar esa – axloqsiz harakatlar hisoblanadi. Axloqsiz harakatlar qatoriga, qoidaga ko‘ra, meritokratiya tamoyillarini buzadigan siyosiy yo‘nalishlar asosida homiylik qilish va oshna-og‘aynigarchilik qilish kiradi.

 

 

    Biroq korrupsiyaga nisbtan ijobiy munosabat ham uchraydi. Korrupsiyani qonun rivoji sust bo‘lgan joylarda qonun ustunligini foydali almashtirish deb hisoblash mumkin. Boshqacha qilib aytganda, korrupsion faoliyatdan foyda u amalga oshirishga imkon beradigan qo‘shimcha unumli transaksiyalar natijasida yaratiladigan qiymat – xarajatlardan katta bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyat ehtimoli biznes bilan shug‘ullanish uchun qonuniy imkoniyatlar juda cheklangan holatlarda eng yuqori bo‘ladi.

  

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech