14/04/2023

    O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan, “Siyosiy-ma'rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish kurslarida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham doimiy ravishda ishtirok etib kelishmoqda.

 

  

 

    2023- yilning 14- aprel kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-maʼrifat soati"da, eng muhim va dolzarb mavzular haqida maʼlumotlar tinglandi.

    Jumladan, Yoshlar siyosati islohati natijadorligini oshirish” mavzusida taqdimot hamda mutolaa vaqti rukni namoyish etildi.

 

 

    Shuningdek, o‘quv soati davomida hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, O‘zbekiston va xorijda yuz berayotgan  muhim jarayonlarga xodimlar ko‘nikmasini shakllantirish, ularni davr talabidan kelib chiqqan holda huquqiy savodxonligini doimiy ravishda oshirib borishga yo‘naltirilgan.

 

 

    Siyosiy-ma’rifiy soat davomida yig‘ilish qatnashchilari uchun Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar, ularning mazmun mohiyati, 2023-yilning 30- aprel kuni o‘tkazishi rejalashtirilayotgan referendumda ishtirok etish bo‘yicha boshqarma boshlig‘i Sh. Abdiyevning ma’ruzasi tinglandi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech