Samarqand viloyati statistika boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish idoraviy komissiyasi mas’ullari tomonidan so‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashish bo‘yicha 10 dan ortiq normativ huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga tushuntirish berildi.
Shuningdek, tizimda korrupsiyani oldini olish va ushbu illatga nisbatan xodimlarda murosasiz ko‘nikmalarni shakllantirishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozimligi ta’kidlab o‘tildi.
Jumladan, tizim xodimlarining huquqiy bilimi va savodxonligini oshirishda halollik vaksinasi tushunchasining mazmun-mohiyatini har bir xodimning ongiga singdirish hamda halol turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha boshqarma agentligi tomonidan har chorakda bir marotaba “Halol va mehnatsevar xodim” nominatsiyalarini o‘tkazish;
korrupsiyaviy jarayonlarga o‘zining murosasiz munosabatini bildirib, o‘z vaqtida xabar qilgan xodimlarni rag‘batlantirish mexanizmini ichki idoraviy hujjat asosida ishlab chiqish va amaliyotga keng joriy etish;
tizimli ravishda korrupsiyani oldini olishga qaratilgan qo‘llanma, plakat va videoroliklar tayyorlab, barcha xodimlarga yetkazish lozimligi ta’kidlandi.
Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha ushbu Kodeksning 79-moddasiga ko‘ra “O‘zaro yaqin qarindosh yoki quda-anda bo‘lgan shaxslarning (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘il va qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan bo‘lsa, bir davlat korxonasida birga xizmat qilishlari taqiqlanishi to‘g‘risida ham ma’lumot berildi.
Axborot xizmati