Kun tartibidagi davra suhbatida boshqarma tarmoq bo‘lim boshliqlari va Korrupsiyaga qarshi kurashish idoraviy komissiyasi a’zolari ishtirok etishdi.
Davra suhbatida, Korrupsiyaga qarshi kurashish idoraviy komissiyasi raisi T.Sidikovning “Korrupsiyadan ogoh bo‘ling” mavzusi yuzasidan axboroti tinglandi.
Shuningdek, tizimda statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzgan korxona va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy jarimalarni qo‘llash va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun konsalting xizmatlarni ko‘rsatish jarayonida korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan mas’ul xodimlarga nisbatan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlarni belgilab berdi.
Axborot xizmati