07/06/2023

    

   Unga ko‘ra, bir oy ichida 24 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilib, ularning 15 tasida 49 ta korrupsiyaviy omil aniqlandi.

    Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida jami 231 ta (shundan 6 tasi Call markaz orqali) murojaatdan:

  • 189 tasi ko‘rib chiqilgan (42 tasi ko‘rib chiqilmoqda);
  • 1 tasi ijobiy hal etilgan;
  • 51 tasiga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilgan;
  • 4 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan;
  • 4 tasi anonim deb topilgan;
  • 129 tasi vazirlik va idoralarga yo‘naltirilgan.

    Eng ko‘p murojaatlar kelib tushgan soha va yo‘nalishlar:

  • taʼlim sohasi xodimlarining xatti-harakatlari va sohadagi qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 23 ta (10,0 foiz);
  • sud qarorlaridan noroziliklar bo‘yicha 20 ta (8,7 foiz);
  • davlat xaridlari va tender savdolari jarayonidagi qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 19 ta (8,2 foiz);
  • prokuratura organlari qarorlaridan noroziliklar va prokuratura organlariga qilingan murojaatlar hal bo‘lmayotgani bo‘yicha 18 ta (7,8 foiz);
  • ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar 16 ta (6,9 foiz);
  • mahalliy hokimlik xodimlari va mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar 15 ta (6,5 foiz), va boshqalar.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech