Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-oktabr oylarida 21 ta xorijiy davlatdan qiymati 83,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan qariyb 13,5 ming tonna bolalar ovqati import qilingan.
Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 ming tonnaga yoki 7,9 foizga oshgan.
2025-yilning 10 oyida O‘zbekistonga eng ko‘p bolalar ovqati yetkazib bergan davlatlar:
Rossiya – 4.9 ming tonna;
Fransiya– 2,6 ming tonna;
Shveysariya – 1,7 ming tonna;
Niderlandiya – 1,3 ming tonna;
Belarus – 772 tonna;
Boshqa davlatlar – 2,2 ming tonna.

Axborot xizmati



