Aholini ro‘yxatga olish tadbiri natijasida quyidagilarga erishiladi: Ma’lum bir sanada aholining aniq soni (yoshi va jinsi tarkibi, fuqaroligi, millatlar tarkibi keng qamrovli), oilaviy ahvoli ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi, mehnat resurlari, iqtisodiy faol aholi, aholi bandligi (kasbi va mutaxassisligi) va ishsizligi, daromad olish manbalari, nogironligi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar olinadi.
1) Aholining milliy tarkibi. Millat tarkibi
2) Diniy e’tiqodi. Qaysi dinga mansubligi
3) Oilaviy axvoli (nikohda yoki nikohda emas, oila soni, nikohda bo‘lgan davrlar).
4) Aholinining migratsiyasi, xorijda ishlayotganlarning aniq soni.
5) Ma’lumotlilik darajasi. Ma’lumotsizlar, o‘rta, oliy, fan nomzodi, fan doktori.
6) Bandlik bo‘yicha ma’lumotlar. Bandlar, ishsizlar soni, iqtisodiyotning sohalar bo‘yicha bandlar, mutaxassisliklar, iqtisodiy faollar, norasmiy bandlar.
7) Uy-joy bilan ta’minlanganligi. Uylar soni, uy-joy fondi, bir kishiga to‘g‘ri keladigan uy-joylar, uylar qanaqa materiallardan qurilganligi, gaz, suv, elektr energiyasi bilan ta’minlanganligi.
8) Ijtimoiy soha ko‘rsatkichlari. Aholi daromadlari, nogironligi, kam ta’minlanganlik.
9) Salomatlilik darajasi, ayollar va bolalar sog‘ligi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, quyidagilarga imkon yaratiladi. Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish ko‘rsatkichlarini shakllantirish va monitoring qilishda foydalaniladi. Urbanizatsiya darajasi, aholi punktlarining infratuzilmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlarini tayyorlashda foydalaniladi. Xalqaro tashkilotlar va foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladigan tahlillar uchun keng qamrovli axborotlar bilan ta’minlashda va reyting ko‘rsatkichlarini shakllantirishda foydalaniladi. Aholi va uning farovonligi to‘g‘risidagi ishonchli axborotlar, davlatning uzoq muddatli prognozlar va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadli dasturlari, aholining bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari tashkil etish dasturlari, barqaror rivojlanish maqsadlari, Milliy indikatorlarni shakllantirish, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini o‘rganish, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib borishda foydalanish mimkin bo‘ladi.
Axborot xizmati