18-19-iyul kunlari Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlatlararo statistika qoʻmitasi delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Oʻzbekiston Respublikasiga keldi.
Joriy yilning 18-iyul kuni tashrif dasturi doirasida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlatlararo statistika qoʻmitasi delegatsiyasi Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi va Samarqand viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati bilan soha faoliyati muhokama qilindi.
Muhokama davomida MDH mintaqasidagi valyutalarning xarid qobiliyati paritetiga asoslangan xalqaro taqqoslash dasturi doirasidagi ishlarni rivojlantirish masalalari va strategiyasi, xususan, mintaqaviy darajadagi narxlarni oʻrganish masalalari koʻrib chiqildi.
Maʼlumot uchun:
PPS asosidagi xalqaro taqqoslash dasturi (XTD) dunyodagi deyarli barcha mamlakatlarning statistik xizmatlarini birlashtirgan eng yirik xalqaro loyihadir. Ushbu loyihaning amalga oshirilishi jahon iqtisodiyoti va uning asosiy mintaqalari haqida noyob maʼlumotlarni olish imkonini beradi. 2021-yilgi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladigan Global XTD jarayonida dastlabki maʼlumotlarga koʻra 177 mamlakat ishtirok etmoqda. Bular orasida MDHning xalqaro taqqoslash dasturi roʻyxati (MDH XTD 2021 Global XTD 2021 tarkibi)da Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiz Respublikasi, Moldova, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston ham mavjud.
Biz sizga Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlatlararo statistika qoʻmitasi delegatsiyasining joriy tashrifi haqida maʼlumot berib boramiz.
Axborot xizmati