Korrupsiya – nihoyatda ijtimoiy-siyosiy vayronkor kuch, uning oqibatida milliy iqtisodiyotga putur yetadi, ijtimoiy tengsizlik chuqurlashadi, xalqning davlat boshqaruvi hokimiyati organlariga ishonchi yo‘qoladi, uyushgan jinoyatchilik kuchayadi, jamiyatda ma’naviyat izdan chiqa boshlaydi. Korrupsiya oqibatida kelib chiqadigan noxush hodisalar ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin. Korrupsiya buzg‘unchilik tabiatiga ega ekani uchun ham insoniy jamiyat qadim zamonlardan boshlab unga qarshi kurashib keldi.
Hozirgi davrdagi “korrupsiya” tushunchasini sharhlaydigan bo‘lsak, u asosan, “shaxsiy foyda olish uchun hokimiyatni suiiste’mol qilish” ma’nosida ishlatiladi. Korrupsiyaning quyidagi to‘rt asosiy sababini keltirish odat tusiga kirdi:
- Shaxsiy sabablar. Korrupsiya “yomon” hodisa, u yaxshi ta’lim-tarbiya ko‘rmaslik va kam maosh oladigan amaldorlarning nokasligi oqibatida paydo bo‘ladi.
- Institutsional sabablar. Bunda boshqaruvning kuchsizligi asosiy omil sanaladi. Masalan, kadrlar tayyorlash, hisobga olish va nazorat qilishning samarasizligi, mansabdorlarni yollashning osonligi va ularni oson ishdan haydash, ularda uzoq vaqt mansabda turishga ishonchsizlik paydo bo‘lishi kabilar korrupsiyani rag‘batlantiruvchi omillardir.
- Tizimiy sabablar. Hukumat ba’zan jamiyatning shunday talablariga duch keladiki, ularni bajarishning rasmiy tartiblari hali aniq ishlanmagan bo‘ladi yoxud ular ko‘p miqdorda mablag‘ talab etadi va aksar holda uzoq muddatlarga cho‘ziladi. Shunday holatlarda korrupsiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qisqa yo‘llar ochiladi.
- Ko‘p tomonlama sabablar. Ba’zan davlat rahbariyatining o‘ziga xos xulqi tufayli davlat boshqaruvida hal qiluvchilik rolini “shaxsiy” omillar bajaradi. Bunday sharoitda davlat mansablariga ishonchga sazovor odamlar tayinlangan taqdirda ham institutsional va tizimga oid muammolar sabab korrupsiya ko‘payadi.
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash 2016-yilning oktabr oyidan boshlandi. Shu yilning 14-oktabrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning konstitutsiyaviy qonunchilik tashabbusi asosida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis tomonidan qabul qilindi, qonun 2017-yil 4-yanvardan boshlab kuchga kirdi. Mazkur qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni to‘liq qonuniy tartibga solish, davlat boshqaruvi organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashi yuzasidan ko‘rayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaga toqat qilmaslik muhitini yaratish ko‘zda tutildi.
Shuningdek, bu davrda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi turli subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirib, ularning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish maqsadida respublika idoralararo komissiyasi tuzildi, uning tarkibiga davlat organlari vakillaridan tashqari tadbirkorlar, jamoat birlashmalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari kiritildi. Umuman davlat korrupsiyaga qarshi kurashni izchillik va qat’iyat bilan tashkil eta olishining huquqiy asoslari yaratildi.
Milliy qonunchilik hujjatlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish uchun ular muttasil ravishda takomillashtirib borildi. Chunonchi, korrupsiyaga doir jinoyatlar subyektlari doirasini kengroq ifodalab beradigan qonunchilik asoslari shakllantirildi. Bundan tashqari, pora va’da qilganlik yoki taklif etganlik, g‘ayriqonuniy tarzda boylik orttirganlik, ta’sir doirasini suiiste’mol qilganlik uchun jinoiy javobgarlikni, shuningdek, sudyalar va deputatlarning xizmat rutbasidagi immunitetini belgilovchi huquqiy asoslar ishlab chiqildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi amalga oshirgan islohotlari – barcha davlat boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlash, bu organlarning asosiy yo‘nalish sifatida xalq xizmatini qilish sifatida belgilab qo‘yilishi, sud va huquqni himoya qilish organlarining xalq oldida mas’ulligi va hisob berib borish prinsiplarini o‘rnatilishi, tadbirkorlik rivojlanishidmiz bu jirkanch illatga murosasiz bo‘lmas ekan, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatmas ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni tashkil eta olmaymiz. Bu illat bilan nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, balki har bir jamoa jiddiy kurashishi kerak. Shuning uchun har bir davlat idorasida jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z ichki dasturlari bo‘lishi shart”.
Axborot xizmati