Bugun kasaba uyushmalari tashkil topganiga 120 yil to‘ldi. Bu sanani butun dunyoda, jumladan, yurtimizda ham keng nishonlanmoqda. Chunki kasaba uyushmalari — bu mehnatkash inson manfaatlarini himoya qiluvchi, ijtimoiy adolatni ta’minlash yo‘lida fidokorona mehnat qiluvchi kuchli jamoat institutidir. Ayniqsa, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish, xodimlarning huquqlarini kafolatlash hamda ularning faoliyatiga yaratilayotgan sharoitlar kasaba uyushmalari bilan hamkorlikda yanada samarali yo‘lga qo‘yilmoqda.
Bu yil “Kasaba uyushmalari – 120 yil xalq bilan” shiori ostida o‘tayotgan tadbirlar kasaba uyushmalarining yurtimiz ijtimoiy hayotidagi o‘rni, xalq bilan bo‘lgan mustahkam aloqasini yana bir bor namoyon etmoqda.
Bugun barcha sohada bo‘lgani kabi, statistika tizimida faoliyat yuritayotgan kasaba uyushma faollari – ustoz va murabbiylarimiz, jamoa yetakchilari o‘z fidoyiligi, g‘amxo‘rligi va tashabbuskorligi bilan butun jamoamizda sog‘lom muhit, samimiylik va o‘zaro hurmatni mustahkamlab kelmoqdalar.
Hurmatli kasaba uyushma a’zolari!
Sizlarni bu qutlug‘ sana bilan yana bir bor samimiy tabriklab, yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borayotgan sharafli mehnatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, oilaviy baxt-saodat, sihat-salomatlik va bardavom zafarlar tilayman.
Kasaba uyushmalari xodimlarining birdamligi, fidoyiligi va mehnatsevarligi tufayli Vatanimizda tinchlik, baraka va ahillik doimo hukm sursin!

Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshqarma boshlang‘ich kasaba uyushmasi



