Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024/2025 o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlariga 381,7 ming nafar talaba qabul qilingan.
Bu ko‘rsatkich 2020/2021 o‘quv yiliga nisbatan 2,2 barobarga oshgan.
Ularning 196,7 ming nafarini qiz bolalar, 185 ming nafarini o‘g‘il bolalar tashkil etgan.
Oliy ta’lim tashkilotlariga qabul qilingan talabalarning hududlar kesimida taqsimoti quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 18,6 ming;
Andijon viloyati – 12,5 ming;
Buxoro viloyati – 31,5 ming;
Jizzax viloyati – 6,3 ming;
Qashqadaryo viloyati – 28,8 ming;
Navoiy viloyati – 9,2 ming;
Namangan viloyati – 16,1 ming;
Samarqand viloyati – 21,2 ming;
Surxondaryo viloyati – 16,8 ming;
Sirdaryo viloyati – 5,3 ming;
Toshkent viloyati – 22,7 ming;
Farg‘ona viloyati – 20,7 ming;
Xorazm viloyati – 16,8 ming;
Toshkent shahri – 155,2 ming.

Axborot xizmati



