12/09/2023

    Hukumat tomonidan qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgani bois eksport qilinayotgan mahsulotlar sifati va hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Jumladan, 2023-yil yanvar-iyul oylarida 77,5 mln. AQSh dollarlik 92,1 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatgich 2022-yilning mos davriga nisbatan 0,7 mln AQSh dollariga ko‘paydi.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya Federatsiyasi (31,3 %), XXR (14,1 %), Belarus Respublikasi (8,0 %), hamda Turkiya (7,0 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech