29/09/2023

    Joriy yilning 29-sentabr kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati, boshqarma Kasaba uyushma qo‘mitasi hamda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti tomonidan “1- oktabr – Ustozlar va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

“1- oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida, boshqarma boshlig‘i Abdiyev Sharof Azamovich ustoz-murabbiylarning jamiyatimizdagi roli haqida gapirar ekan, ularning ezgu xizmatlari tufayli yoshlarimiz har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetayotgani, vatanimiz uchun sadoqatli va salohiyatli kadrlar tayyorlashda ustozlarning o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidladi.

 

Shu o‘rinda, boshqarma jamoasi nomidan bizga taʼlim-tarbiya berib kelayotgan ustoz va murabbiylarni yana bir bor kasb bayramlari bilan chin yurakdan tabriklaymiz. Barcha ustoz va murabbiylarga sihat-salomatlik, sharafli va masʼuliyatli faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, xonadonlariga fayzu baraka tilaymiz.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech