18/10/2023

    Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan jami korxona va tashkilotlarning salmoqli qismi – 899 ta yoki 89,4 foiz ulushi tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

     Yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil shuni ko‘rsatdiki:

     -97,3 foiz korxonalar sog‘liqni saqlash yo‘nalishiga to‘g‘ri kelib, o‘sish sur’ati
2022-yilning mos davriga nisbatan 96,2 foizni tashkil etdi;

      -yashash uchun joy bilan ta’minlangan holda parvarishlash yo‘nalishidagi korxonalar soni 2,1 foizni tashkil etib, o‘sish sur’ati 116,6 foizni  tashkil etdi;

       -yashash uchun joy bilan ta’minlanmagan holda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishidagi korxonalar soni ushbu sohaning 0,6 foizini tashkil etib, o‘sish sur’ati 75,0 foizni tashkil etdi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech