Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023–yilning yanvar–sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi – 36 373,5 mlrd. so‘mni yoki 2022– yilning mos davriga nisbatan 103,0 % ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 35 506,3 mlrd. so‘m (102,9 % ni), o‘rmon xo‘jaligi - 729,2 mlrd. so‘m (103,9 % ni), baliqchilik xo‘jaligi – 138,0 mlrd. so‘m (105,3 % ni) tashkil qildi. Respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Samarqand viloyatining ulushi 12,4 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati