02/11/2023

    So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab - quvvatlash hamda ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilash bo‘yicha qabul qilingan qaror va farmonlari, shuningdek, bu sohaga berilayotgan katta eʼtiborlari natijasida 2019-2023-yillarning yanvar-sentabr oylari davomida jami 34 185 ta kichik korxona va mikrofirma yangidan tashkil etildi. Yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar sohalar kesimida tahlil qilinganda, eng ko‘p yangi subyektlar savdo sohasida – 14 667 (yoki 42,9 %) ta, xizmatlar sohasida – 7 840 (yoki 22,9 %) ta, sanoat sohasida – 6 465 (yoki 18,9 %) ta, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 3 700 (yoki 10,8 %) ta va qurilish sohasida – 1 513 ( yoki 4,5 %) tani tashkil etgan.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech