Joriy yilning 01-noyabr kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida 2023-yil III chorak yakunlari bo‘yicha boshqarmaning kengaytirilgan Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda boshqarma rahbariyati, boshqarmaning tarmoq va hududiy statistika bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.
Kun tartibiga binoan, boshqarma boshlig‘i Abdiyev Sharof Azamovich yig‘ilishni ochib berib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida statistika idoralari oldiga qo‘yilgan vazifalar va tizimda 2023-yil III choragida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida to‘xtalib o‘tdi.
Yig’ilishda kun tartibiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va “2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respbulikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi”da davlat statistika idoralariga yuklatilgan vazifalarning ijrosi bo‘yicha ma’lumot berildi.
Kengash yig‘ilishida, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qarori doirasida amalga oshirilgan ishlar, “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni ijrosini taʻminlash yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati, ahamiyati, qonun bilan amaliyotga joriy etilayotgan o‘zgarish va tushunchalar haqida fikr-mulohazalar almashildi.
Yig‘ilish yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Axborot xizmati