02/11/2023

    Kun tartibidagi yig‘ilishda boshqarmaning barcha bo‘limlari boshliqlari va shahar va tuman statistika bo‘limlari boshliqlari ishtirok etishdi.

       Yig‘ilishda, boshqarma boshlig‘i Sh.Abdiyevning Samarqand viloyati statistika boshqarmasi tizimida 2023-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy kompleks chora-tadbirlar rejasining tegishli bandlarining ijrosini ta’minlash hamda “Statistika tizimida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusi yuzasidan axboroti eshitildi.

     Shuningdek, tizim xodimlari boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlariga rioya qilishlari hamda har bir xodim o‘z xizmat majburiyatlarini bajarilishi doirasida majburiy hisoblanishi va xodimlar belgilangan talab va tartib-taomillarni buzganligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi. Bundan tashqari, bevosita bo‘lim boshliqlari o‘z bo‘ysunuvidagi xodimlar tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etilganligi uchun shaxsan javobgar hisoblanishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid belgilangan talablar va tamoyillarni buzgan tizim xodimlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda va asoslarda intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishini ta’kidlab o‘tdi.

      Jumladan, tizimda korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan barcha bo‘lim boshliqlarini ogoh bo‘lishga chaqirdi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech