Faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 2023-yil 1-noyabr holatiga 38 118 taga yetib, 2019-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 150,5 foizni tashkil etdi. Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy sonidagi ulushi) quyidagicha bo‘ldi: savdo – 43,2 foiz, sanoat – 16,5 foiz, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 7,7 foiz, qurilish – 6,6 foiz, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 8,9 foiz, tashish va saqlash – 2,7 foiz, axborot va aloqa – 1,7 foiz, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 2,4 foiz, boshqa turlari – 10,3 foiz.
Axborot xizmati