Joriy yilning 17-noyabr kuni “Xizmatlar sohasi kuzatuvlarini oʻtkazish” boʻyicha hududiy statistika bo‘limlari mas’ul xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida, onlayn ravishda vebinar tashkil etildi.Vebinar boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari M. Salimov, hamda “Xizmatlar sohasi statistika bo‘limi boshlig‘i X. Xazratkulov tomonidan o‘tkazildi.
Tadbirda IV chorak davomida oʻtkazilishi rejalashtirilgan tanlama kuzatuvlarini qat՚iy ravishda belgilangan qoidalar asosida oʻtkazilishi, soʻrovnomalarni chuqur tahlil qilgan holda qayta ishlanishi, ulardagi muammoli holatlar, kamchiliklarni yechimini koʻrsatgan holda oʻz vaqtida kuzatuv natijalarini toʻgʻri va xatosiz planshet qurilmasiga kiritish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Vebinarda kuzatuvga mas’ul xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma mas’ullari tomonidan aniq va to‘liq javoblar berildi.
Axborot xizmati