Joriy yilning 14-noyabr kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Abdiyev, boshqarmaning narx statistikasi bo‘limi boshlig‘i S. O‘rozaliev hamda Kattaqo‘rg‘on shahar statistika bo‘limi mutaxassisi birgalikda belgilangan reja grafik asosida «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining nooziqovqat guruhi bo‘yicha tanlanma kuzatuvga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rganishdi.
Kuzatuv davomida registrator tomonidan planshet qurilmasiga ma’lumotlarni sifatli va aniq kiritilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Axborot xizmati