2023-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 3 404 tani tashkil etdi. Ushbu xizmatlar sohasi tahlili shuni ko‘rsatdiki: -mehmonxonalar, turistik oromgohlar, dam olish va ko‘ngilochar parklar yashash bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosiy faoliyati hisoblanib, 2023-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 12,5 foiz ulushini tashkil etdi; - restoran va buyurtma bo‘yicha oziq-ovqat va ovqat mahsulotlarini yetkazish, oziqovqat va ichimliklar yetkazish bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosi hisoblanib, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasining 87,5 foiz ulushini tashkil etdi.
Axborot xizmati