Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan jami korxona va tashkilotlarning salmoqli qismi – 898 ta yoki 89,1 foiz ulushi tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil shuni ko‘rsatdiki:
-97,3 foiz korxonalar sog‘liqni saqlash yo‘nalishiga to‘g‘ri kelib, o‘sish sur’ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 95,7 foizni tashkil etdi;
-yashash uchun joy bilan ta’minlangan holda parvarishlash yo‘nalishidagi korxonalar soni 2,1 foizni tashkil etib, o‘sish sur’ati 116,6 foizni tashkil etdi;
-yashash uchun joy bilan ta’minlanmagan holda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishidagi korxonalar soni ushbu sohaning 0,6 foizini tashkil etib, o‘sish sur’ati 75,0 foizni tashkil etdi.
Axborot xizmati