Keyingi besh yilda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 7,4 foizga oshib 554 taga yetdi. Yetakchi o‘rinni 105 ta korxonada to‘liq yoki qisman ulushi mavjud bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi egallagan. Bu viloyatda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 18,9 foiz ulushini tashkil etadi. Shuningdek, viloyat iqtisodiyotiga o‘z kapitalini kiritayotgan Turkiya Respublikasi (ulushi 18,4 foiz) va Xitoy Xalq Respublikasi (ulushi 14,6 foiz) davlatlari ham yetakchilar hisoblanishadi.
Axborot xizmati