12/01/2024

     Oilaviy korxona – uning ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) va realizatsiya qilishni amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy korxona ishtirokchilarining ulushli yoki birgalikdagi mulkida bo‘lgan umumiy mol-mulk, shuningdek, oilaviy korxona ishtirokchilaridan har birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik subyektidir.

Oilaviy korxona faoliyati uning ishtirokchilari shaxsiy mehnatiga asoslanadi va tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakllaridan biridir.

2023-yilning o‘tgan 12 oyi davomida viloyat bo‘yicha jami 1 258 ta oilaviy korxona yangi tashkil etilgan.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech