Samarqand viloyatida elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 171,9 mlrd. so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 1,5 % ini) tashkil etdi.
2024-yilning yanvar-aprel oylarida, sanoatning mazkur tarmog‘ida elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash, bug‘ bilan ta’minlash tizimlari va havoni konditsiyalashning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 92,0 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati