Samarqand viloyati statistika boshqarmasi xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining ochiq ma’lumotlar sohasidagi yutuqlari, muammolari va istiqboldagi rejalari mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Ma’ruzachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portali — Internet tarmog‘idagi O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida faoliyat ko‘rsatuvchi hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ochiq ma’lumotlarini joylashtirish uchun mo‘ljallangan, ochiq ma’lumotlarni e’lon qilishda va ulardan foydalanishda Portal operatori, ochiq ma’lumotlarni yetkazib beruvchilar va foydalanuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni ta’minlovchi axborot resursi haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, ma’ruza davomida 2019-2022-yillarda me’yoriy-texnik bazani isloh qilish borasida qabul qilingan Hukumat Qaror va Farmonlari, ochiq ma’lumotlardan foydalanish tartibi, erishilgan yutuqlar, O‘zbekiston ochiq ma’lumotlar reytingida dunyoda 30-o‘ringa ko‘tarilganligi, mavjud muammolar hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan tinglovchilarga keng miqyosdagi tushunchalar berildi.
Tadbir yakunida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan keng qamrovli javoblar berildi.
Axborot xizmati