14/06/2024

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hamda Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi jamoalari nomidan barcha vatandoshlarimizni muqaddas islom dinining ezgu gʻoyalarini, xalqimizning urf-odat, anʼanalari va qadriyatlarini oʻzida yaqqol ifoda etadigan, qadimiy bayramimiz – Qurbon hayiti bilan muborakbod etadi.

Oʻzaro mehr-oqibat, ezgulik va saxovat, millatlararo ahillik, bagʻrikenglik ramzi boʻlgan mazkur ayyom Vatanimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari uchun, butun xalqimiz uchun eng aziz va qadrli bayramlardan biri hisoblanadi.

Ana shunday ezgu gʻoyalarga mujassam boʻlgan Qurbon hayiti avvalo, yurtimizga tinchlik-omonlik, xonadonlarimizga baxtu saodat va qut-baraka olib kelsin!

 

Bayramingiz muborak boʻlsin Aziz Vatandoshlar!  

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech