Kun tartibidagi davra suhbatida boshqarma boshlig‘i Sh.Abdiyevning “Korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning burchimiz” va “Unutmang, Korrupsiyadan har birimiz jabr ko‘ramiz” mavzulari yuzasidan axboroti eshitildi.
Shuningdek, tizim xodimlari tomonidan ikkinchi chorak yakuni bilan onlayn qabul qilinadigan statistika hisobotlarini qabul qilish va qayta ishlash jarayonida hisobot taqdim etuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni ovoro qilish, ularni asossiz statistika idoralariga taklif qilish, asossiz to‘lovlar undirish, o‘zaro munosabatlarda sansalorlik, ta’magirlik, poraxo‘rlik va boshqa ko‘rinishdagi korrupsiya holatlariga qat’iy chek qo‘yish bo‘yicha bo‘lim boshliqlari va xodimlarni ogoh bo‘lishga chaqirdi.
Jumladan, korrupsiya nimaligi, uning oqibatlari qanday sodir bo‘lishi va bu illatning jamiyatdagi xavf-xatarini har bir xodim anglashi kerakligi shuningdek, korrupsiya bilan kurashishda doimo davlat organi mas’ul emasligi, bu illatga qarshi hamma birdek kurashish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
Axborot xizmati