2024-yilning yanvar-aprel oylarida 31,4 ming nafar Turkiya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,7 ming nafarga yoki 5,8 % ga oshgan.
2024-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan Turkiya fuqarolari soni safar maqsadlari kesimida quyidagicha:
qarindoshlarni yoʻqlash – 13 444 nafar;
sayyohlik – 12 661 nafar;
xizmat yuzasidan – 4 833 nafar;
tijorat – 410 nafar;
oʻqish – 42 nafar;
davolanish – 17 nafar.
Axborot xizmati