Viloyat bo‘yicha 2024-yilning yanvar-may oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi hajmi 1 157,9 mlrd. so‘mni, 2023-yilning yanvar-may oylariga nisbatan 109,1 % ni tashkil etdi. Shu jumladan,12 bozor va 12 bozor (chorva) (oylik) kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, dehqon bozorlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 439,4 mlrd. so‘mni (102,1 %), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 718,5 mlrd. so‘mni (113,8 %) tashkil etdi.
Axborot xizmati