27/09/2024

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2023-yil 8-maydagi PF-67-son Farmonida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini o‘qitishni tashkil etish topshirig‘i berilgan.

Yig‘ilishda boshqarma hamda shahar va tuman statistika bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi.

Kun tartibidagi masala bo‘yicha boshqarma rahbariyati tomonidan, Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalari haqida tushuntirish berildi.

Shuningdek, Konstitutsiyaning barcha moddalarini doimiy ravishda tizim xodimlariga tushuntirib borish yuzasidan boshqarma bosh yuristkonsulti O. Berdimurodovga tegishli ko‘rsatma va vazifalar berildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech