22/10/2024

    2024-yilning 22-oktabr kuni Urgut tumani statistika bo‘limi boshlig‘i tomonidan tumandagi 63-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchi va xizmatchilari uchun seminar tashkil etildi.

Tadbirni maktab direktori O. Mavlonov ochib, aholini ro‘yxatga olish tadbiri to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng, tuman statistika bo‘limi boshlig‘i tomonidan 2024-yilning     4-mart kuni “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-son Prezident Qarori qabul qilinganligi, Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025—2026-yillarda amalga oshirilishi, Prezident qaroriga ko‘ra, Statistika agentligi tizimi 2024-yil davomida aholini ro‘yxatga olishni aholining keng ommasiga tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanish uchun videorolik, banner, flaer va bukletlar tayyorlashi;

2021-yilda o‘tkazilgan sinov natijalari va xalqaro ekspertlarning tavsiyalari asosida aholini ro‘yxatga olish savolnomalari shakllarini takomillashtirishi;

xalqaro tajriba va ekspertlarning tavsiyalari asosida “Aholini ro‘yxatga olish” axborot tizimini takomillashtirish;

“STATA” amaliy dasturiy paketi litsenziyasini xarid qilish va unda ro‘yxatga olish natijalarining chiquvchi jadvallari namunalarini shakllantirishi haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, qonun va qarorlar hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar bo‘yicha batafsil maʼlumot berdi.

Seminar qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga tuman statistika bo‘limi xodimlari atroflicha javob berishdi.

 Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech