12/11/2024

    Samarqand viloyatining doimiy aholisi soni 2024-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra 4 275,3 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 66,8 ming kishiga yoki 1,6 foizga ko‘paydi. Jumladan, shahar aholisi soni 1 563,7 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 36,6 %), qishloq aholisi soni 2 711,6 ming kishi (63,4 %) ni tashkil etdi.

Shundan Urgut tumanining doimiy aholi soni 555,6 ming kishini tashkil etmoqda.

2024-yil yanvar-sentabr oylarida Urgut tumanida tug‘ilganlar soni 12 220 kishini, vafot etganlar 1 681 kishini,  nikohlar soni 2 665 hamda nikohdan ajralishlar soni 313 tani tashkil etmoqda.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech