Sanoat – iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan hisoblanadi.
2024-yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra sanoat sohasida faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilotlar soni 5 624 tani tashkil etmoqda.
Sanoat korxonalari soni jami korxona va tashkilotlarning 13,2 foiz ulushini tashkil etdi. Shundan. – 94,7 foizini ishlab chiqarish sanoati, 3,9 foizini tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash, 1 foizini suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish va 0,4 foizini elektr, gaz bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash tashkil etgan.
Axborot xizmati