Kun tartibidagi tadbirda boshqarmaning barcha bo‘limlari hamda shahar va tuman statistika bo‘limlari xodimlari ishtirok etishdi. 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari T.Sidikov so‘zga chiqib, bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashda jamiyatda korrupsiyaga qarshi huquqiy ongni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilayotganligi hamda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi insonning o‘zida ichki rad etish hissini shakllantirish va korrupsiyaga qarshi kurashishda birlashish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
Korrupsiya – bu har bir jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishini izdan chiqaruvchi eng xavfli jinoyatdir. Hech qaysi mamlakat, biron-bir hudud yoki jamiyat yo‘qki u korrupsiyaga qarshi immunitetga ega bo‘lsa.
Birlashgan millatlar tashkilotida barcha davlatlar hamkorlikda, ta’lim, tibbiyot, sud-huquq, demokratiyaning rivojlanishiga korrupsiyaning kirib borishiga asosiy e’tiborini qaratuvchi tadbir ishlab chiqilgan. Xalqaro tadbir o‘zining e’tiborini korrupsiyaning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda eng katta to‘siq bo‘lishga qaratadi.
Shu munosabat bilan 2003-yil 9-dekabr kuni Meksikada BMTning korrupsiyaga qarshi konvensiyasi imzolangan va ushbu kun Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida e’lon qilingan. Shu tariqa 2004-yil 9-dekabr kunidan boshlab Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanib kelinayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Tadbir yakunida tizimda korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan mas’ul xodimlarga nisbatan tegishli vazifa va ko‘rsatmalar berildi.
Axborot xizmati