12/12/2024

    2024-yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmining 97,7 foizi dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar, 1,9 foizi o‘rmon xo‘jaligi, 0,4 foizi baliqchilik xo‘jaligi hissasiga to‘g‘ri keladi.

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida, shahar va tumanlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Urgut (5 250,1 mlrd so‘m) va Ishtixon (4 343,8 mlrd so‘m) tumanlarida qayd etildi. Aksincha, kam hajmga ega hududlarga Kattaqo‘rg‘on (182,2 mlrd so‘m) va Samarqand (240,5 mlrd so‘m) shaharlarini keltirib o‘tish mumkin.

Viloyat ko‘rsatkichidan yuqori o‘sish sur’atlari Qo‘shrabot (111,1 %), Nurobod (108,4 %), Samarqand, (107,7 %) hamda Oqdaryo (105,4 %) tumanlarida kuzatildi. Payariq (100,2 %) va Paxtachi tumanlarida (100,6 %) esa aksincha, o‘sish sur’atlari pastligini ko‘rish mumkin.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech