22/01/2025

    2025-yilning 21-yanvar kuni Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi Kattaqo‘rg‘on tumani statistika bo‘limi boshlig‘i G‘. To‘ychiyev tomonidan Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 32-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchilari uchun seminar tashkil etildi.

    Tadbirda statistika bo‘limi boshlig‘i tomonidan aholini ro‘yxatga olish tadbirini maqsadi, vazifalari hamda o‘tkazish boshqichlari haqida to‘liq ma’lumotlar berildi.

 

  

 

    Shuningdek, Mustaqil O‘zbekistonda ilk bor bu tadbir o‘tkazilayotganini inobatga olgan holda qabul qilingan mе’yoriy-huquqiy hujjаtlаr, ya’ni O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2019-yil 5-fеvrаldаgi “O‘zbеkistоn Rеspublikаsidа 2022-yildа аhоlini ro‘yхаtgа оlishni o‘tkаzish kоntsеpsiyasini tаsdiqlаsh to‘g‘risidа”gi PF-5655-sоn Fаrmоni, 2020-yil 16-mаrt O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti tоmоnidаn O‘RQ-611-sоn bilаn tаsdiqlаngаn qonuni, O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining  2020-yil 3-аvgustdаgi “Milliy stаtistikа tizimini tаkоminllаshtirish vа rivоjlаntirish chоrа-tаdbirlаri to‘g‘risidа”gi PQ-4796-sоnli qаrоri hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-son Qarori qabul qilinganligi, Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025—2026-yillarda amalga oshirilishi haqida to‘xtalib o‘tishdi.

 

 

    Shuningdek, ma’ruzachi tomonidan Qarorning mazmun-mohiyati, aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, qonun va qarorlar hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar bo‘yicha batafsil maʼlumot berdi.

    Seminar qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga G‘. To‘ychiyev tomonidan atroflicha javob berildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech