Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar–sentabr oylarida Oʻzbekistonda jami 224,5 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.
Bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 14,2 % ga oshgan.
Qurilish ishlari boʻyicha TOP-5 hududlar:
Toshkent shahri – 64,1 trln soʻm
Toshkent viloyati – 25,2 trln soʻm
Samarqand viloyati – 14,2 trln soʻm
Buxoro viloyati – 13,8 trln soʻm
Fargʻona viloyati – 13,7 trln soʻm
Axborot xizmati