Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida 773,8 trln soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6,8 % ga oshgan.
1-oktyabr holatiga respublikamizda 57,8 mingta sanoat korxonalari faoliyat yuritmoqda.
Sanoat ishlab chiqarish hajmi boʻyicha TOP-5 hududlar:
Toshkent shahri – 148,9 trln soʻm;
Navoiy viloyati – 137,3 trln soʻm;
Toshkent viloyati – 118,6 trln soʻm;
Andijon viloyati – 73,4 trln soʻm;
Samarqand viloyati – 41,1 trln soʻm.
Axborot xizmati