O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-sonli “Aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand shahar Ichki ishlar boshqarmasi inspektorlari uchun o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ro‘yxatga olish jarayonlarini samarali tashkil etish, har bir mahalladagi yettilikning vazifa va mas’uliyatlari, fuqarolar bilan ishlashning yangi mexanizmlari batafsil tushuntirildi.
Seminarda ishtirokchilarga amaliy tavsiyalar berildi hamda farmon ijrosini yuqori saviyada ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Axborot xizmati



