Samarqand viloyati statistika boshqarmasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlikni kuchaytirish maqsadida navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi.
Mazkur seminar aholining ayrim toifalariga oid shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, so‘rovnomalarni to‘ldirish tartibi, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda ma’lumotlarni elektron tarzda qayd etish masalalariga bag‘ishlandi.
Tadbirda boshqarma rahbariyati, mutaxassislari, shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonlarida ishtirok etuvchi mas’ul vakillar qatnashdilar.
Seminar davomida ishtirokchilarga ro‘yxatga olish savolnomalarini to‘g‘ri to‘ldirish, so‘rov o‘tkazish chog‘ida respondentlar bilan muloqot qilish madaniyati, shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash va ularni elektron tizimga kiritish jarayonlari batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ro‘yxatga olish jarayonida uchrashi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlar bo‘yicha tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga uslubiy qo‘llanmalar tarqatildi.
Axborot xizmati



