Samarqand viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan viloyat davlat Soliq boshqarmasi, mahalla soliq inspektorlari uchun aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlikni kuchaytirish maqsadida navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, qishloq xo‘jaligini qamrab olishdagi yangiliklar, ro‘yxatga olish jarayonlarining bosqichlari hamda to‘planadigan ma’lumotlarning ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Tadbirda boshqarma rahbariyati, mutaxassislari, shuningdek, Soliq boshqarmasi xodimlari boshqarmadan tuman, shahar xodimlari onlayn ishtirok etishdi.

Seminar davomida ishtirokchilarga ro‘yxatga olish savolnomalarini to‘g‘ri to‘ldirish, so‘rov o‘tkazish chog‘ida respondentlar bilan muloqot qilish madaniyati, shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash va ularni elektron tizimga kiritish jarayonlari batafsil tushuntirildi.
Ro‘yxatga olishning maqsadi, tashkil etish tartibi, amalga oshirish bosqichlari va unda kimlar ishtirok etishi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida ro‘yxatga olish natijalari mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini samarali rejalashtirish, aholi ehtiyojlarini to‘g‘ri baholash va manzilli chora-tadbirlarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Axborot xizmati



