Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida turli rusumdagi 326 364 dona yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 28,6 ming donaga yoki 9,6 foizga oshgan.
Ular rusumlar boʻyicha quyidagicha:
Cobalt – 116 008 dona;
Damas – 67 879 dona;
Tracker – 34 179 dona;
Onix – 22 598 dona;
KIA – 19 633 dona;
Chery – 6 882 dona;
Haval – 6 245 dona;
BYD – 13 730 dona;
Tank 500 – 47 dona;
Maxsus yengil avtomobillar - 39 163 dona.

Axborot xizmati



