Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekistonning chakana savdo tovar aylanmasi 316,4 trln soʻmni tashkil etdi.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 11 % ga oʻsgan.
1-oktabr holatiga chakana savdo sohasida faoliyat koʻrsatayotgan tijorat korxonalari soni 84 838 tani tashkil etdi.
Mazkur davrda ulgurji savdo tovar aylanmasi 346,6 trln soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilga nisbatan 12,6 % oʻsishni qayd etdi.
1-oktabr holatiga respublikamizda ulgurji savdo sohasida 50 086 ta tijorat korxonalari faoliyat yuritmoqda.

Axborot xizmati



