19/01/2026

    Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida 24 ta xorijiy davlatga qiymati 8,7 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 3,3 ming tonna shokolad mahsulotlari eksport qilgan.

    Eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 753 tonnaga yoki 29,9 foizga oshgan.

    Mazkur davrda O‘zbekiston eng ko‘p shokolad mahsulotlari yetkazib bergan davlatlar:

Ozarbayjon – 633,1 tonna;

Mo‘g‘uliston – 433,7 tonna;

Qozog‘iston – 368,8 tonna;

Rossiya – 365,2 tonna;

Qirg‘iz R. – 360,3 tonna;

Boshqa davlatlar – 1,1 ming tonna

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech