28/01/2026

     Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri doirasida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan hamyurtlarimiz o‘rtasida tasodifiy tanlash ( random ) usuli orqali navbatdagi sovrindorlar aniqlandi. Ushbu jarayon aholining faolligini oshirish va yurtdoshlarimizning ro‘yxatga olish tadbiriga ishtirokini rag‘batlantirishga qaratilgan.

    Navbatdagi  g‘olibimiz  - Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani A.Navoiy mahallasida istiqomat qiluvchi L.Xaydarova bo‘lib, bugun uning  yutug‘ini  xonadoniga borib, viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Abdiyev ko‘tarinki kayfiyatda topshirdi.

 

    G‘olibimiz ushbu e’tirof haqida fikr bildirib:

    “Vatan ravnaqi, farzandlarim kelajagi yo‘lida  qo‘shgan kichik bir xissam  munosib baholanganligidan nihoyatda xursandman”, - dedi

    Ta’kidlash joizki, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirida faol ishtirok etish mamlakatimizning ijtimoiy – iqtisodiy rivoji uchun muhum ahamiyat kasb etadi.

    Hurmatli yurtdoshlar! Siz ham onlayn ro‘yxatdan o‘tishda faol bo‘ling. Balki keyingi g‘olib aynan siz bo‘lishingiz mumkin!

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech