29/01/2026

  Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri doirasida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan hamyurtlarimiz o‘rtasida tasodifiy tanlash ( random ) usuli orqali navbatdagi sovrindorlar aniqlandi. Ushbu jarayon aholining faolligini oshirish va yurtdoshlarimizning ro‘yxatga olish tadbiriga ishtirokini rag‘batlantirishga qaratilgan.

  Navbatdagi  g‘olibimiz  Samarqand viloyati, Tayloq tumani Charog‘bon mahallasida yashovchi D. Razoqov bo‘ldi. Viloyat va tuman statistika xodimlari sovg‘ani g‘olibga ko‘tarinki kayfiyatda topshirdilar.

  Hurmatli yurtdoshlar! Siz ham onlayn ro‘yxatdan o‘tishda faol bo‘ling. Balki keyingi g‘olib aynan siz bo‘lishingiz mumkin!

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech