Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri doirasida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan hamyurtlarimiz o‘rtasida tasodifiy tanlash ( random ) usuli orqali navbatdagi sovrindorlar aniqlandi. Ushbu jarayon aholining faolligini oshirish va yurtdoshlarimizning ro‘yxatga olish tadbiriga ishtirokini rag‘batlantirishga qaratilgan.
Navbatdagi g‘olibimiz Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani Torariq mahallasida yashovchi D. Arabova bo‘ldi. G‘olibni Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Abdiyev xonadoniga borib, ko‘tarinki kayfiyatda tabriklab, sovg‘alarni topshirdi.
Hurmatli yurtdoshlar! Siz ham onlayn ro‘yxatdan o‘tishda faol bo‘ling. Balki keyingi g‘olib aynan siz bo‘lishingiz mumkin.
Axborot xizmati



